Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-12-03 03:39:00 32 Chop etish

Davlatimiz Rahbari tomonidan 2024-yil 31-oktyabr – 1-noyabr kunlari Navoiy viloyatiga tashrifi davomida viloyat hokimliklari va sektor rahbarlari bilan birgalikda barcha mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, joriy yil yakuni va kelgusi yilga vazifalar to‘g‘risida axborot berish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Tumanida 44 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, bugungi kunda tumanlardagi 34 ming ta xonadonda 51 ming500 ta oila yashaydi. Tuman aholisi 201 ming nafarni tashkil qiladi.

Joriy 2024 yil davomida tumanda infratuzilmani yaxshilash, ishsizlikni kamaytirish, migrantlar bandligini taʼminlash, kambag‘allikni qisqartirish, jinoyatchilik va oilaviy ajrimlarni oldini olish hamda fuqarolarning muammolarini hal qilish bilan bog‘liq yo‘nalishlarda bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Investitsiya dasturi hamda Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan juda keng ko‘lamda qurilishva bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, “Tashabbusli  byudjet”, “Mening yo‘lim” loyihalari doirasida, “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari asosida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari mahallalarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirmoqda. Xususan:

Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan tuman markaziga tutash bo‘lgan hududdan “Yangi O‘zbekiston” massivi tashkil qilish uchun ajratib berilgan 10 gektar  ekin maydonida olib borilayotgan ishlar xalqimizning ulkan bunyodkorlik salohiyatidan, yaratuvchilik qudratidan darak berib turibdi.

Ushbu “Yangi O‘zbekiston” massivida 1 ming 228 ta xonadondan iborat 46 ta ko‘p-qavatli uylar qurib foydalanishga topshiriladi.

Shu bilan birga ushbu massivda 150 o‘rinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, 330 o‘quv o‘ringa mo‘ljallangan umumtaʼlim maktabi quriladi.

Hozirgi kunda 28 ta ko‘p qavatli uy-joylarda 698 ta xonadon xonadonlar o‘z egalariga topshirildi.

Yil yakunigacha yana 1 ta ko‘p qavatli uy-joylarda 30 ta xonadon qurib foydalanishga topshiriladi.

Qolgan 17 ta 500 ta xonadondan iborat ko‘p qavatli uy-joylar auksion orqali tadbirkorlar tomonidan sotib olindi va qurilish ishlari boshlandi. 2025 yil yakunigacha bu uy-joylar ham qurib bitkaziladi va o‘z egalariga beriladi.

Bundan tashqari, 1-sektor hududidagi 7 ta mahalla mebelchilikka ixtisoslashgan. Bugungi kunda 354 ta tadbirkor yer maydoni bo‘lmaganligi sababli o‘z uyida mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Yashash joyida stanoklar bilan ishlash tadbirkorning o‘ziga, oila aʼzolariga, shuningdek qo‘ni-qo‘shnilariga ham noqulayliklar tug‘diradi, qolaversa sanitariya talablariga ham to‘g‘ri kelmaydi.

Muhtaram Prezidentimizga Katta rahmat Tadbirkorlarimizni qiynab kelayotgan ushbu masalani ham hal qilib berdilar. Yaʼni, “Do‘stlik” mahallasi hududidan 10 gektar ekin yer maydonda “Mebelchilik sanoat zonasi” uchun ajratib berildi.

Shu bilan birga Muhtaram Prezidentimizning joriy yil mart oyidagi tashrifida bergan topshirig‘iga asosan, “Mebelchilik sanoat zonasi”sida 10 mVT podstansiya qurish, 2 ta 1 mVtlik transformator o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu “Mebelchilik sanoat zonasi”dagi yer maydonlari auksion orqali 62 ta tadbirkorlarga ajratib berildi va tadbirkorlar tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda. Joriy yil yakuni bilan ishga tushiriladi va loyihalarda jami 648 ta ish o‘rinlari yaratiladi. Budjega qo‘shimcha yiliga o‘rtacha 9-11 mlrd.so‘m soliq tushiriladi.

Bundan tashqari, ko‘p yillardan buyon ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi tuman aholisining asosiy muammolaridan biriga aylangan 14 km oqova suv tarmog‘i tortish hamda 2 ta KNS qurish ishlari uchun 47,0 mlrd.so‘m mablag‘ ajratildi va qurilish ishlari yakunlandi.

Ushbu kanalizatsiya tizimi ishga tushirilishi orqali 28 ming ta aholi xonadonlari, 50 dan ortiq korxona tashkilot hamda tadbirkorlik subyektlari markazlashgan kanalizatsiya tizimiga ulandi va tarmoq 50 yil davomida xalqimizga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek 2022 yilda qurilishi boshlangan qiymati153 mlrd.so‘m tashkil qiluvchi 200 o‘ringa mo‘ljallagan Xonqa sanatoriyasi dam olish maskani foydalanishga topshirildi.
 Infratuzilmasini yaxshilash (yo‘l, gaz, elektr, ichimlik suvi) yo‘nalishida:

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha joriy yilda jami 15 km uzunlikdagi yo‘llarga asfalt va 20 km SHPS yotqizildi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar 11 km yo‘llar asfalt va 5 km tuproq yo‘llarga shag‘al qoplamasi yotqiziladi hamda 4 ta ko‘priklarda 27 mlrd. so‘mlik rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.

Jumladan: Barkamollik MFYda 0,4 km uzunlikdagi yo‘llarga asfalt va 0,2 km SHPS yotqizildi.

Elektr taʼminoti bo‘yicha joriy yilda 126 km elektr tarmoqlari taʼmirlandi. Jumladan, 12 km yangilandi, 12 km rekonstruksiya qilindi va 102 km qismi mukammal taʼmirlandi.

Bu yil 53 ta transformator taʼmirlandi. shundan, 4 ta yangi, 3 ta rekonstruksiya va 46 ta mukammal taʼmirlash ishlari bajarildi.

Joriy yil yakuniga qadar 3,5 mlrd.so‘m mablag‘ hisobiga7 ta transformator yangilanadi, 24 km elektr tarmoqlari va 4 ta past kuchlanishli transformatorlar taʼmirlanadi. Natijada12 mingdan ortiq xonadonning elektr taʼminoti yaxshilanadi.

Shundan, Istiqlol MFYda 6,5 km tarmoq, 1 ta transformator va Barkamollik MFYda 2 ta transformator mukammal taʼmirlandi.

Yil yakuniga qadar Istiqlol MFYda 2,4 km tarmoqlarva Barkamollik MFYda 1 ta transformator joriy taʼmirlanadi.

Ichimlik suvi taʼminoti bo‘yicha joriy yil tumanda umumiy qiymati 350 mln so‘mlik 1,6 km ichimlik suv tarmog‘i rekonstruksiya qilindi.

Shundan, Barkamollik MFYda 0,3 km, Istiqlol MFYda0,2 km ichimlik suv tarmog‘i rekonstruksiya qilindi.

yil yakuniga qadar hududida 3,2 km ichimlik suvi tarmog‘i yangidan tarmoq tortiladi.

Buning hisobiga, 1 452 nafar aholining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanadi, 189 nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlanadi. (taʼminot – 96,7 foizga yetkaziladi).

2024-yilda ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha tumanda jami9,7 ming tonna ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berildi. Yil yakuniga qadar belgilangan rejaga asosan qolgan 4,4 ming tonna ko‘mir yetkazib beriladi.

Ishsizlik va migratsiyani kamaytirish:

Joriy yil hokim yordamchilari va tijorat banklari bilan birga har bir mahallada 30 tadan 1 320 ta mikroloyihalarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, amalda 1 ming 368 ta mikroloyihalarga (reja 1 ming 320 ta103 foizga bajarilmoqda) moliyaviy paketlar yordamida BRB, OTR dasturi va Biznesga birinchi qadam dasturlari bo‘yicha tijorat banklaridan 60,5 mlrd so‘mlik kreditlar ajratilib, 2 ming 491 ta aholi bandligi taʼminlandi.

Shuningdek, 1 ming 200 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 280 nafar fuqaroga 1,7 mlrd.so‘m subsidiya berildi, 1 ming 700 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkor dasturi doirasida 38 mlrd.so‘m, kichik biznesni rivojlantirish dasturi doirasida 498 ta subyektga 47 mlrd.so‘m imtiyozli kredit ajratildi,

Joriy yil Muhtaram Prezidentimizning PQ-153-sonli qaroriga asosan auksion savdolari orqali 1 ming 654 nafar ishsiz yoshlarga 300 gektar va 100 nafar ishsiz fuqarolarga 100 gektar yer maydonlari ajratib berildi.

Bundan tashqari, 5 ming 700 nafar fuqaro o‘zini-o‘zi band qilindi, 3 ming nafar fuqaro dehqon xo‘jaligi, 813 nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor 360 ta yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tirildi va  bandligi taʼminlandi.

Yil yakuniga qadar yana 2 ming 650 nafar ishsizlarni doimiy ish bilan taʼminlash, kredit ajratish, subsidiya ajratish, kasb-hunarga o‘qitish orqali to‘liq bandligi taʼminlanadi.

Tashqi mehnat migratsiyasi yo‘nalishida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xorijda mehnat qilish istagida bo‘lgan fuqarolarni eng avvalo yuqori daromad keltiruvchi mamlakatlarga yuborish maqsadida tuman kasb-hunarga o‘qitish markazida nemis va koreys tillariga o‘qitish kurslari tashkil qilinib, fuqarolarimizni tashkiliy tarzda kafolatlangan ish haqiga ega bo‘lgan davlatlarga yuborish bo‘yicha ham tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlarimizni holidan xabar olish, daromadi nisbatan kam bo‘lgan ishlarda ishlab yurgan va qiyin sharoitga tushib qolgan fuqarolarimiz, asosan yoshlarimizni vatanga qaytarib olib kelish maqsadida tasdiqlangan reja-grafik asosida onlayn uchrashuvlar tashkil qilindi. Shu bilan birga oktyabr oyida mahallada hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli bilan birgalikda migratsiyada yurgan, ketish istagi mavjud va xorijdan qaytib kelgan 6 ming 540 nafar fuqarolar bilan suhbatlashib anketa to‘ldirish orqali xatlov o‘tkazildi. Shundan,4 ming 589 nafar migratsiyada yurganlar, 1 ming 723 nafar migratsiyadan qaytib kelganlar va 228 nafar ketish istagi bo‘lgan fuqarolarni tashkil qildi. Hozirda xatlov natijalari bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Yil yakuniga qadar migratsiyadan qaytib keladigan fuqarolarni bandligini taʼminlash va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha ham manzilli ishlar amalga oshiriladi.