Sanoat ishlab chiqarishda kichik biznesning hissas | xonqahokimiyat.uz
Sanoat ishlab chiqarishda kichik biznesning hissasi
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz ichki bozorini tovar va
xizmatlar bilan ta’minlashda, aholi bandligi va real daromadlarini oshirishda, resurslarni oqilona
taqsimlash va ulardan samarali foydalanishda, ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini
kamaytirishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yaxshilashda katta
ahamiyatga ega bo‘lib, islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy katalizatori hisoblanadi. Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlariga ham, iste’molchi talabi
o‘zgarishlariga ham tez moslashishga qodir bo‘lib, iste’mol bozoridagi muvozanatni ushlab turishda
muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qiladi. Joriy yilning yanvarmart oylarida tumanda 246,4 mlrd.so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo‘lib,
shundan 107,4 mlrd.so‘m yoki umumiy hajmning 43,6 % ni kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab
chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.
2022-yil yanvar-mart 2023-yil yanvar-mart
Jami sanoat mahsulotlari Kichik biznes subyekti sanoat mahsuloti
Davlat va xususiy sektorning o‘zaro munosabati mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqaror vaziyatni
ta’minlashda xususiy biznesning manfaatdorligini oshirishda katta xizmat qiladi. O‘z navbatida,
mamlakatimizda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar
natijasi o‘laroq tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida nodavlat sektorning ulushi
salmoqli ekanligini ko‘rish mumkin. Tarmoq korxonalari tomonidan joriy yilning yanvar-mart oylarida
144,8 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va umumiy hajmga nisbatan 58,8 % ni tashkil etdi.
12 Xonqa tumanining asosiy statistik axborotnomasi
Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sanoat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib Xorazm viloyati va tumanlarda
ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmini tumanlararo hamda tumanlarni shahar ko‘rsatkichlari bilan
taqqoslash orqali tahlil qilish, sanoat mahsulotini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori
dinamikasini kuzatib borish, hududlardagi ustuvor vazifalarni va o‘sish nuqtalarini belgilash muhim
ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida joriy yilning yanvar-mart oylarida tumanda sanoat mahsuloti ishlab
chiqarilishi 246,4 mlrd.so‘mni tashkil etib, mazkur ko‘rsatkich Xorazm viloyatining jami sanoat
mahsuloti ishlab chiqarilishida 5,1 % tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi
aholi jon boshiga 1 262,0 ming so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati
107,7 % ga yetkazilganligini kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, tumanda iste’mol tovarlari ishlab
chiqarilishi 137,0 mlrd.so‘mni tashkil qilib, Xorazm viloyatining jami iste’mol tovarlari ishlab
chiqarilishida 4,9 % tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari aholi jon boshiga
701,7 ming so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 170,9 % ga yetkazilganligini
kuzatishimiz mumkin.