I-sektor shtabi binosida tuman hokimi Murodbek Davlatovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi. Mavjud muammolarning aksariyati daxldor idora vakillari ishtirokida hal etildi.
Shuningdek, muloqot davomida ko‘plab fuqarolarga ularni qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.