+998623991673
Хонқа тумани. Хонқа шаҳарчаси Халқлар дўстлиги кўчаси 30 уй, 220800
Sayyor qabullar: muammolarni hal qilishning samarali mexanizmi
Май 12, 2023 Xo'janiyazov Shohrux 77

Sayyor qabullar: muammolarni hal qilishning samarali mexanizmi

Ayni kunlarda hududlarda sektor rahbarlari tomonidan sayyor qabullar tashkil qilinib, murojaatlar yechim topmoqda.

 

Xususan, bugun tuman hokimi, birinchi sektor rahbari Murodbek Davlatov “Do‘stlik” mahallasida, bo‘lib fuqarolar bilan muloqot olib bordi.

 

O‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy taʼmiri, subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratilishi yuzasidan murojaatlar bildirildi.

 

Shuningdek, murojaatlarni o‘z vaqtida qonuniy va adolatli hal etilishi bo‘yicha tuman rahbari tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi  

 

Shuningdek Mardon Sultanovning bugungi qabulda bildirgan murojaati soha mutasaddilari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

 

 “Do‘stlik” mahallasida faoliyat olib borayotgan yosh hunarmand Mardon Sultanov turli uy jihozlari yaʼni mebelchilik bilan shug‘ullanib keladi.

 

Faoliyatini boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsada allaqachon mahallada usta nomini olgan, u yasagan mebellarning ham bozori chaqqon.

 

"Ayni damda 4 nafar tengdoshlarim bilan uy sharoitida faoliyat olib bormoqdaman endilikda ushbu seximni kengaytirish niyatim bor" -deydi suhbat davomida yosh hunarmand   

 


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK
Оммабоб янгиликлар

Хонқа туман ҳокимига мурожаат юбориш
Сизга Хонқа туман ҳокимига электрон имзодан фойдаланмаган ҳолда бевосита электрон тарзда мурожаатларни юбориш имкониятини тақдим этади. Сизнинг мурожаатингизга тез кунда жавоб берилади.