Sayyor sud | xonqahokimiyat.uz

 2025-01-20 12:00:00 29 Chop etish

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudi, Xonqa tumani “Fidoiylar” mahallasida joylashgan “Xonqa Pedagogika” kolleji binosida, ochiq sayyor sud majlisida maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rib chiqdi.

O‘tkazilgan ushbu sayyor sud majlisida jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining tergov sudyasi tomonidan jami 20 ta maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ish hujjatlari ko‘rib chiqilib, shundan 4 ta ish bo‘yicha 4 nafar shaxsga nisbatan sodir etilgan huquqbuzarlikning ijtimoiy xavflilik darajasini inobatga olib, ularni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida maʼmuriy qamoqqa olish jazosi tayinlangan bo‘lsa, 15 ta ish bo‘yicha fuqarolarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jarima jazosi solindi hamda 1 ta ish bo‘yicha maʼmuriy ish tomonlarning yarashganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 271-moddasi 101-bandiga asosan tugatildi.

Shuningdek, ushbu sayyor sud davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining tergov sudyasi A.Jumaniyazov tomonidan fuqarolarga yangi tashkil etilgan “Tergov sudyasi instituti haqida” ham tushuntirishlar berib o‘tildi va sayyor sud majlisiga yig‘ilgan fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.