Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-06-21 08:16:00 118 Chop etish

Sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

 

Tumanning “Durgadik” mahallasida viloyatimiz hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Unda jami 50 nafardan ziyod fuqaroning murojaatlari tinglandi. Murojaatlar asosan jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha bo‘ldi.  

 

Shuningdek, ommaviy sayyor qabul davomida tuman hokimi Murodbek Davlatov ham ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini tingladi.

 

Murojaatchilarning uy-joy, ish bilan taʼminlash, tibbiy hamda moddiy yordam, oqar suv kabi qator masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.

 

Mavjud muammolarning aksariyati daxldor idoralar vakillari ishtirokida hal etildi.

 

Shuningdek, ommaviy sayyor qabul davomida ko‘plab fuqarolarga ularni qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.