Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-10-05 11:04:00 86 Chop etish

Joriy yilning 24 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi I.Sharipov va tumanning 36-sonli umumtaʼlim maktabi “Rus-tili” fani o‘qituvchisi A.Rajapova tashabbusi bilan 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Sudya va yoshlar” kun tartibida davra suhbati tashkil etildi.

 

Davra suhbati davomida sud raisi o‘quvchi yoshlarga sud tizimi, sudning vazifalari, odil sudlovning amalga oshirilishi va boshqa sud ishlariga doir masalalar haqida tushuntirishlar berib o‘tdi. Shuningdek, davra suhbati davomida o‘quvchi yoshlarning qiziqishlari, kelajakdagi orzulari haqida gap borar ekan aksariyat yoshlar huquq yo‘nalishi bo‘yicha turli kasblarga qiziqishlari borligini maʼlum qilishdi.

 

Shuningdek, tuman sudining raisi tomonidan o‘quvchi yoshlarga kelajakda kim va qaysi kasb egasi bo‘lishidan qatʼiy nazar hozirdanoq bilimlarini mustahkamlashi, kitob ko‘p o‘qib darslarni yaxshi o‘zlashtirsagina kelajakdagi orzulariga erisha olishi, yaxshi joylarda yaxshi xodim bo‘lib ishlay olishi tushuntirilib, bugungi zamon talablaridan kelib chiqib faqat olg‘a yurish lozimligi uqtirildi.