Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-02-08 09:58:00 137 Chop etish

TEATR KUNI 

 

Teatr sanʼati odamlarning hayotga bo‘lgan estetik va axloqiy munosabatini shakllantiradi, ularning hayot mazmunini boyitadi

 

 

Bugun tumanda faoliyat olib borayotgan tashkilot xodimlari, mahalla vakillari, “Ayollar va Yoshlar daftarida” turgan eldoshlarimiz uchun Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri jamoasi tomonidan "Qaytar dunyo" spektakli namoyish etildi.

 

 

Xoliq Xursandov muallifligidagi, taniqli rejissyor Bahodir Nazarov boshchiligida sahnalashtirilgan ushbu spktaklda inson qadri, farzandlar tarbiyasi, ota-onalarimizga nisbatan mehr-oqibatli bo‘lish haqida hikoya qilindi. 

 

 

Tomoshabinlar spektaklda qatnashgan teatrning yetuk aktyor va aktrisalari ijrolaridan bahramand bo‘lishib, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas yorqin taassurotlarga ega bo‘lishdi.