Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-07-15 07:36:00 100 Chop etish

 

Taʼmirlash ishlari tufayli ko‘prik yopilgan

 

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘prik taʼmirlanayotgani sababli piyodalar foydalanishi uchun vaqtinchalik ko‘prik qurib berilishi yuzasidan murojaat tarqaldi.

Amudaryo hududidagi shovot kanali ko‘prigi 1964 yilda qurilgan bo‘lib, To‘rtko‘l va Xonqa tumanlarini bog‘lovchi ikkinchi toifadagi asosiy yuk tashish ko‘prigi hisoblanadi.

Yillar davomda ko‘prikning harakat qismidagi plitalar yemirilib ko‘prikning tratuar bolkasi nasadkadan tushib ketishi natijasida ko‘prik avariya oldi holatiga kelib qolgan

Ayni kunlarda pudratchi tashkilot “Ko‘prik qurilish” AJ tomonidan ko‘prik to‘liq yopilgan va taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan.

Bosh rejaga asosan mazkur ko‘prik joriy yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi belgilangan bo‘lib, murojaatda keltirilgan kanalning ikkala qirg‘og‘ini tutashtiruvchi 90 metrlik piyoda ko‘prigi qurilishi uchun mablag‘ ko‘rsatilmagan.

 

Ushbu holatlarni inobatga olgan holda tuman markaziga vaqtincha qatnov uchun aylanma yo‘l tashkil etilgan. Ayrim ijtimoiy tarmoqdagi blok egalari tomonidan aylanma yo‘ldan yurilsa yana15- 17 km ortiqcha yo‘l yurilishi keltiriladi.

Loyihaga taklif kiritish jarayonida aylanma yo‘l asosiy yo‘ldan 1.5 km farq qilgan xolos. Mutasaddilar tomonidan mazkur yo‘lga zaruriy yo‘l belgilar o‘rnatilib, qatnov qismini kengaytirish ishlari olib borildi.

Shu o‘rinda piyodalardan xavfsizlik qoidalariga amal qilishlarini va taʼmirlash ishlari yakunlangunga qadar aylanma yo‘ldan foydalanishlarini so‘rab qolamiz