Tomorqadan unumli foydalanish aholi daromadini oshirishga xizmat qiladi | xonqahokimiyat.uz
Tomorqadan unumli foydalanish aholi daromadini oshirishga xizmat qiladi
Asosiy drayveri ko‘chatchilik hamda chorvachilik bo‘lgan “Shirin” mahallasi fuqarolari ham bu borada yetakchi.
Mahallada 600 dan ziyod honadonda issiqxonalar tashkil etilgan bo‘lib, yil davomida 3-4 marotaba hosil yetishtiriladi.
Tuman hokimi Ulug‘bek Davlatov To‘rayevlar xonadonida bo‘lib issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ayni damda xonadonda 1.5 sotixli issiqxonaga bodring ko‘chatlari ekilgan bo‘lsa yana bir issiqxonada poliz va sabzavot ko‘chatlari yetishtirilmoqda.