Unda tuman prokurori U. Salayev, hokim o‘rinbosarlari, tuman tashkilot rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladilar.
Murojaatlar asosan yer ajratilishi, moddiy yordam, tibbiyot va shu kabi qator masalalar yuzasidan bo‘ldi.
Bildirilgan murojaatlarning barchasi keng muhokama etildi va mutasaddilarga yechimi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Xususan, “Yangilanish" mahallasida yashovchi Hilola Xudayberganovaning otasini davolatishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati ijobiy yechim topdi va oilaviy shaoriti og‘ir ekanligi bois keng jamoatchilik vakillari tomonidan uyining tom qismini holatini yaxshilash bo‘yicha bildirilgan taklif maʼqullandi.
Shuningdek, uy sharoitida biogumus yetishtirib kelayotgan yosh tadbirkor Otabek Ibragimovning qishloq xo‘jaligi sohasida biogumusdan keng foydalanish taklifi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari tashkil etilishi bo‘yicha soha mutasaddilariga vazifalar yuklandi