Bugun “Barkamollik” mahallasida o‘tkazilgan tuman hokimining sayyor qabulida murojaatlar bilan birga mahalla yoshlarining taklif va talablari ham tinglandi

Takliflar asosan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mahalladagi sportchi yoshlarni qo‘llab quvvatlash borasida bo‘ldi

Shuningdek, bir guruh mahalla fuqarolarining elektr taʼminoti, ichki yo‘llar taʼmiri, moddiy hamda tibbiy yordami kabi murojaatlari tinglandi

Bildirilgan murojaatlarning aksari joyida o‘z yechimini topgan bo‘lsa, muddat talab etadigan baʼzi masalalar yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, nazoratga olindi.
