Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-02-27 09:14:00 70 Chop etish

Tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar sarhisob etildi.

 

 

Xonqa tumanida o‘tgan 2023- yil davomida 180 ga yaqin jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilgan bo‘lsa, 102 tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar  3 ming 800 dan oshadi.

 

Yig‘ilish davomida har bir holat soha va mahallalar kesimida tahlil qilinib,joriy yilda jinoyatchilikni barvaqt oldini olishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar amalga oshirilishi taʼkidlandi.

 

 Shuningdek, kriminogen vaziyati og‘ir hamda oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar soniga ko‘ra QIZIL toifaga kirgan 10 ta mahallada Jinoyatchilikni jilovlash va aholi osoyishtaligini taʼminlash bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab olindi.

 

 Bundan tashqari ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomiga qatʼiy amal qilgan holda murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli javob qaytarish kerakligi alohida qayd etildi.

 

Yig‘ilish yakunida olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida umuman jinoyat sodir etilmagan Mahorat, Mosh to‘g‘ay, Navro‘z, Porloq hamda Ehtirom mahallasi profilaktika inspektorlari rag‘batlantirilib, tuman hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.