Bugungi Sessiya ishida tumanni ishsizlik va korrupsiyadan holi hududga aylantirish, “Obod xonadon” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda «mahallabay» ishlash bo‘yicha I-choragida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Shuningdek, tanqidiy ruhda o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda ichimlik suvi, yo‘l, gaz, elektr taʼminoti rahbarlarining ham hisobotlari eshitilib, ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Yig‘ilishga yuqoridagi sohalar bo‘yicha eng ko‘p murojaat qilgan fuqarolar taklif etilib, ularga mahallalarida amalga oshiriladigan ishlarning reja-jadvallari tushuntirildi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, tasdiqlangan reja-jadvallarni har bir mahalla binosida barcha ko‘rinarli joylarga ilib qo‘yish belgilandi.
O‘tkazilgan sessiya yakunida viloyat IIB boshlig‘i so‘zga chiqib bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan deputatlar bilan muzokara o‘tkazdi.