+998623991673
Хонқа тумани. Хонқа шаҳарчаси Халқлар дўстлиги кўчаси 30 уй, 220800
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining yetmish to‘qqizinchi sessiyasi...
Февраль 20, 2023 Xo'janiyazov Shohrux 424

Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining yetmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugungi sessiya ishida dolzarb bo‘lgan 8 ta masala ko‘rib chiqildi.

 

 

1) 4-bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatinishakllantirish, “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashi aʼzolarini va Yo‘l xaritasini tasdiqlash,

 

2) Tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan “Jumanazar Kuvonch”, “Sanobar Sevinch”, “Axmadjon Nazira” fermer xo‘jaliklari bilan tuman hokimligi o‘rtasida yer maydonini uzoq muddatli ijaraga berish bo‘yicha tuzilgan ijara shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilish yuzasidan tegishli sudga daʼvo arizasi kiritish,

3) 2-sektor hududida amalga oshirilayotgan ishlar va Prezidentimizning “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tuman prokurori, 2 sektor rahbari U.Salayevning axboroti,

 

4)  Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurashni tashkil etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya etish borasidagi faoliyati bo‘yicha tuman prokurori U.Salayevning axboroti,

5) Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risida.

6) 2022 yilda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash faoliyati yuzasidan

7) Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼmin-lash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati-ning natijadorligi yuzasidan Xonqa tuman Xalq qabulxonasi mudiri Z.Matkarimovaning axboroti tinglandi 

8) Maktablardagi vakant direktor lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar ko‘rib chiqildi

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikrlarini bildirdilar va muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

 


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Хонқа туман ҳокимига мурожаат юбориш
Сизга Хонқа туман ҳокимига электрон имзодан фойдаланмаган ҳолда бевосита электрон тарзда мурожаатларни юбориш имкониятини тақдим этади. Сизнинг мурожаатингизга тез кунда жавоб берилади.