+998623991673
Хонқа тумани. Хонқа шаҳарчаси Халқлар дўстлиги кўчаси 30 уй, 220800
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining yetmish uchinchi sessiyasi...
Ноябрь 25, 2022 Xo'janiyazov Shohrux 483

Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining yetmish uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishiga hokim o‘rinbosarlari, sessiyaga aloqador korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif qilindilar.

 

 Dastlab, Sessiya kotibligiga 1-Beruniy saylov okrugidan deputat Yakubova Oygul Baxtiyorovnani saylash to‘g‘risida taklif kiritildi va bir ovozdan maʼqullandi

 

 Kun tartibida quyidagi 6 ta masala muhokamaga qo‘yildi. 

1) Xonqa tumani hududida faoliyat yuritayotgan “Fresh Fruits Export” MCHJ, “Ko‘pal Polvon” va “Musaffo tabiat” fermer xo‘jaliklarini monitoring o‘rganish natijalari yuzasidan to‘plangan hujjatlarga asosan tegishli sudlarga davo ariza kiritishni tasdiqlash to‘g‘risida.

 

 

2) Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 13.10.2022 yildagi4-2201-2203/3289-sonli hal qiluv qarori va 14.11.2022 yildagi 4-2201-2203/3289-sonli ijro varaqasiga asosan Xonqa tumani hokimining 11.01.2019 yildagi 78q-sonli va 20.03.2022 yildagi 356q-sonli qarorini o‘z kuchini yo‘qotgan deb tasdiqlash to‘g‘risida.

3) 2022 yil 3 choragi davomida adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar

 4) Xonqa tumanida aholi bandligini taʼminlash va jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘lardan samarali va oqilona foydalanish, tumandagi ishsiz xotin-qizlarni bandligini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.

5) Tumanda “Ayollar daftari”ning 3-bosqich 5.1-toifasiga kiritilgan ayollarni uy-joy bilan taʼminlash

6) Xonqa tumani hokimining qabul qilgan qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida soha mutasaddilarining axborotlari tinglandi.

 

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikrlarini bildirdilar va muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

 

 


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Хонқа туман ҳокимига мурожаат юбориш
Сизга Хонқа туман ҳокимига электрон имзодан фойдаланмаган ҳолда бевосита электрон тарзда мурожаатларни юбориш имкониятини тақдим этади. Сизнинг мурожаатингизга тез кунда жавоб берилади.