Xizmatlar sohasi | xonqahokimiyat.uz
Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning
eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari
jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish
sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini
hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. Natijada, 2023 yil yanvar–mart oylarida
xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 191,7 mlrd.so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos
davriga nisbatan 110,7 % ni tashkil etdi.