Bugun tumanimizda zamonaviy talablarga javob beradigan elektr taʼminoti korxonasi yangi ko‘rinishdagi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Endilikda mazkur binoda muhandis-texnik hamda ishchi-xodimlar hamda bu yerga tashrif buyuradigan mijozlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Tadbirda "Hududiy elektr taʼminoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari R. Oblakulovich Raximov, tuman hokimi Murodbek Davlatov, soha vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdilar.
Taʼkidlash joizki, tuman elektr taʼminoti korxonasi tasarrufida 35 mingdan ziyod aholi va 2 mingdan ziyod yuridik shaxsga xizmat ko‘rsatuvchi 4 ta podstansiya mavjud.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 110.2 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari mukammal taʼmirlandi va 78 ta transformator punkti ekspluatatsiya qilindi.
Tabiiyki, ushbu saʼy-harakatlar aholini sifatli va uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.