Xonqa tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati | xonqahokimiyat.uz

 2025-11-04 10:51:00 15 Chop etish

 

Qadrli otaxon va onaxonlar !

Aziz yoshlar !

Hurmatli yurtdoshlar !

 

Sizlarga yaxshi maʼlumki, bugungi kunda muhtaram Prezidentimizning rahbarligida mamlakatimizda barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bu islohotlarning tub mohiyati, avvalo, inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir. 

Birinchidan, jinoyatlarning oldini olish, mamlakatda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibi joriy etildi.

Endi barcha kuch va vositalarni, jinoyatlarning oqibati bilan kurashishga emas, ularni keltirib chiqarayotgan tub sabab va omillarni aniqlab, bartaraf etishga safarbar qilamiz. 

Bu borada huquq-tartibot organlari hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlik yana-da kuchaytiriladi, barcha saʼy-harakatlar samarali muvofiqlashtirib boriladi.

Har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy qilamiz. 

Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab bo‘layotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.

“Jinoyatga jazo muqarrar”ligini taʼminlash, jabrlanganlarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralari yana-da kuchaytiriladi.

Tuman prokuraturasi tomonidan jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2025 yil 10 oyda muayan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, 2025 yil 10 oyida tumanda 273 ta jinoyatlar (105)qayd etilib, shundan  57 tasi (20,9 foizi) oldi olinishi lozim bo‘lgan, 46 tasi (16,8 foizi) aniqlangan,  170 tasi (62,3 foizi) AKT yordamida sodir etilgan jinoyatlarni tashkil etadi. 2025 yil oktyabr oyida umumiy jinoyatlar (AKT jinoyatlardan tashqari) 1,9 foizga (103/105) kamaygan.

Oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyat turlaridan o‘g‘rilik 160,0 foizga (13/5), og‘ir tan jaroxati yetkazish 100,0 foizga (2/1),   oshgan.

 

Nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, bezorilik va jinoyatlari sodir etilmagan.

Shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlardan,  muqaddam sudlanganlar (3/2); yoshlar (24/21) oshgan. 

Har 100 ming aholi soniga jami jinoyatlar Xonqa tumanida o‘rtacha                        135,2 tadan to‘g‘ri keladi.

Tumandagi 41 ta mahallalardan 1 tasi “qizil”, 7 tasi “sariq” va 33 tasi “yashil” toifaga kiritilgan.

Aziz yurtdoshlar !

Albatta, mamlakatimizda jinoyatchilik va korrursiyaning oldini olishda, umuman barcha sohalarda qonuniylikni taʼminlashda, biz – prokuratura xodimlari, eng avvalo Sizning xayrixohligingiz, hamjihatligingiz va ko‘magingizga tayanamiz.

Agarda har bir fuqaro jonajon vatanimizni jinoyatdan, korrupsiyadan xoli, tinch va xavfsiz o‘lkaga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shsa, barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, birgalikda kurashsak ko‘zlangan maqsadga albatta erishamiz.

Qonunlarga qatʼiy rioya etish, o‘zgalar huquqi, shaʼni va qadr qimmatini, mol - mulki daxlsizligini hurmat qilish, ham qonuniy, ham insoniy burchimiz ekanini hamdoimo yodda tutishimiz zarur.

Aziz yurtdoshlar, keling, qonun ustuvor, adolat hukmron bo‘lgan jamiyatni birgalikda barpo etaylik !