Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-03-12 04:42:00 138 Chop etish

Xonqa tumani IIB boshlig‘i, III-sektor rahbari  Allaberganov Ixtiyor Baxtiyorovichning

MUROJAATI

Hurmatli Prezidentimizning 2024 yil 29 fevral -1 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida sifatli taʼminlash maqsadida 3-sektor hududida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Jumladan:

- Kichik va o‘rta biznesni yana-da qo‘llab-quvvatlash uchun garovsiz 3-sektor hududimdagi 12 ta mahallalarda206 ta loyihaga 34,1 mlrd.so‘m ajratib, 1127 ta ish o‘rinlari yaratish;

- oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida intensiv usulda baliq boqish uchun kichik hajmdagi basseyn tashkil qilish uchun 3-sektor hududida esa 2 mlrd 480 mln.so‘m ajratilishi hisobiga 124 ta xonadonlarda baliq ko‘li tashkil qilish;

- xonadonlarda tikuvchilik, parranda, chorva, asalari, bog‘dorchilik va boshqa sohalarda asbob-uskunalar olib tadbirkorligini boshlashi uchun xonadonlarda manzilli ro‘yxati asosida 678 mln.so‘m subsidiya ajratilishi hisobiga 197 nafar ishsiz aholimizni bandligini taʼminlanishi bilan bir qatorda oilaga qo‘shimcha daromad manbai yaratiladi.

- 3-sektordagi 12 ta mahalladagi har bir aniqlangan ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlash hamda mahallalarda 3 ta kambag‘al oilalarni tomorqasi namunali tashkil qilinib, xonadonlarga tumandagi salohiyatli tadbirkorlarni bog‘lab, yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotni eksport va ichki bozorga chiqarishga yordam berish bo‘yicha “Yo‘l xarita” ishlab chiqildi hamda nazoratga olindi.

 

Sektordagi 12 ta mahalla to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, bo‘sh turgan bino va yer maydonlar tadbirkorlik qilish uchun auksion savdolariga chiqarilishi nazoratga olindi.

Davlatimiz rahbarining tashrifi davomida paxta-to‘qimachilik klasteri “Xorazm TEXMCHJ tomonidan 5 mingta  aholini doimiy band qilish bo‘yicha alohida “Yo‘l xarita” ishlab chiqildi va ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, hurmatli Prezidentimiz tashrifi davomida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham bu yil qilishimizva bajarishimiz zarur bo‘lgan vazifalarimizni mablag‘i bilan belgilab berdilar. Xususan:

- tumandagi fermer va klasterlarga 77 ta texnikani lizing asosida yetkazib berish ishlarini bajarish;

- Bo‘ston tumani tajribasi asosida har bir tumanda 10 tadan kichik sovutgichli ombor tashkil qilish;

- 1 iyungacha 350 ta dehqonchilik qiladigan mahallalarga xizmat qiladigan qiymati kichik agrologistik markaz qurib, tadbirkorlarga tayyor holda taklif qilish;

- joriy yil tumanda  100 gektarni auksion orqali aholiga 1 gektardan berish ishlari amalga oshirish;

- 300  gektar yer maydoni 1 ming 520 nafar yoshga dehqonchilik qilish uchun tarqatish ishlari mart oyiga rejalashtirildi.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida eng asosiy eʼtibor qaratishimiz kerak bo‘lgan masala bu sug‘orish uchun beriladigan oqar suvdan oqilona foydalanishimiz uchun bu yil hashar yo‘li bilan 164  kilometr ichki sug‘orish tarmoqlarini vegetatsiya davrigacha betonlashtirish ishlarini bajariladi.

 

Tuproqqalʼa, Hazorasp, Xonqa va Urganch tumanidan o‘tgan “4R-156” avtomobil yo‘lining 84 kilometri, (shundan Xonqa tumani hududida 19 km) sement beton qoplamaga o‘tkazishga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 250 million dollar mablag‘larini jalb qilish belgilandi.

Ushbu yo‘llarni ikki yoniga besh qatorli daraxt ektirib, loyihalarni 2026 yil oxirigacha yakunlash choralari ko‘riladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, viloyatda eshitishida nuqsoni bor bo‘lgan 500 nafar bolaga (62 mlrd. so‘m) bepul koxlear apparati va boshqa implantlar qo‘yish hamda 2 ming nafar bolani (5 mlrd so‘m) eshitish moslamasi bilan taʼminlash choralari ko‘riladi.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha 10 nafar yoshlarni 400 mln. so‘mlik 7 turdagi sport protez va reabilitatsiya vositalarini olib beriladigan bo‘ldi.

Hurmatli Prezidentimizni yuqoridagi topshiriqlardan kelib chiqib, o‘zim boshchilik 3-sektor hududida yil yakunigacha oldimizga qo‘yilgan barcha topshiriqlarni ijrosini so‘zsiz bajarishni hamda eng asosiysi sektor hududini ishsizlikdan holi hududga aylantirish maqsadida har bir mahallani ixtisoslashuvidan kelib chiqib joriy yil yakuniga qadar6,624 ta yangi ish o‘rinlari yaratishni belgilab olindi. Jumladan:

- investitsiya dasturi doirasida loyihani ishga tushirish hisobiga 41 nafar;

- savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida o‘zini o‘zi band qilish va imtiyozli kreditlar ajratish hamda norasmiy band bo‘lgan aholini faoliyatini rasmiylashtirish hisobiga1137 nafar;

- qishloq xo‘jaligida doimiy va mavsumiy ishlar bilan band qilish hisobiga 2180 nafar;

- qurilish sohasida aholini doimiy ishlarga jalb qilish va legallashtirish hisobiga 153 nafar fuqaroning bandligi taʼminlanadi.