Fuqarolarning qonuniy talablari, so‘rov va takliflarini amalga oshirishda aholi bilan muloqot qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasida murojaatlar bildirildi.
Xususan uy-joy taʼmiri, bandlik, davolanish uchun moddiy yordam, tadbirkorlik kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi.
Har bir murojaat soha mutasaddilarini jalb qilgan holda chuqur o‘rganildi, muammoli masalalarning bir qismi joyida hal qilindi, yechimi muayyan muddat talab qiladigan arizalar ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.