Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
Bugungi qabul jarayonida 30 nafardan ziyod fuqarolar o‘zlarining bandlik, moddiy yordam, uy joy, sog‘ligini tiklash, kredit hamda yer masalalari bo‘yicha murojaatlarini bildirdilar.
Tuman hokimi M. Davlatov Xalq kabulxonasi mudirasi Z. Matkarimova hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda muammolarga yechim izladilar.
Kabul davomida bildirilgan barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yhatga olinib soha mutasaddilariga yo‘naltirildi va ijrosi yuzasidan qa’tiy topshiriklar berildi
Shuningdek, yosh tadbirkor S. Yo‘ldashev tumanda Germaniya texnologiyalari asosida chorva fermerchiligini yo‘lga qo‘yish hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.
Mutasaddilar tomonidan S. Yo‘ldashevning takliflari qo‘llab-quvvatlanib, loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tushuntirish hamda yo‘l-yo‘riqlar berildi
Murojaatlari o‘z yechimini topgan fuqarolar tuman hokimi hamda mutasaddilarga minnatdorchiligini bildirishdi.