+998623991673
Хонқа тумани. Хонқа шаҳарчаси Халқлар дўстлиги кўчаси 30 уй, 220800
Xonqa tumani markaziy dehqon bozorini boshqa hududga ko‘chirish taklifi...
Октябрь 28, 2022 Xo'janiyazov Shohrux 76

Xonqa tumani markaziy dehqon bozorini boshqa hududga ko‘chirish taklifi ishlab chiqilmoqda.

 

Xonqa tumani markaziy dehqon bozorini boshqa hududga ko‘chirish taklifi ishlab chiqilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Xonqa tumani markaziy dehqon bozorining sanitariya holati to‘g‘risida video murojaat tarqaldi.

Bugungi kunda haqiqatdan ham markaziy dehqon bozorida bir qancha kamchiliklar mavjud.

Masalan: baliq mahsulotlari pavilyondagi oqava suvining doim oqib ketishi uchun kichik ariqchalar tashkil etilgan bo‘lishiga qaramasdan oqava suvlarni chiqib ketish tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, yaʼni pavilyondan tashqariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqizib qo‘yilganligi, bozor hududida faoliyat olib borayotgan oziq-ovqat do‘konlarining ko‘pchiligi mahsulotlarini ochiq havoda sotayotganligi va shu kabi bir qator kamchiliklar.

Bundan tashqari haftaning har chorshanba va yakshanba kunlari rastalar yetishmaganligi sababli dehqonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerda o‘tirib savdo qiladilar va bu holat tevarak–atrofda surunkali axlatxonalar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.

Xonqa tumani sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik xizmati bo‘limi tomonidan yuqoridagi kamchiliklar yuzasidan Xonqa tumani dexqon bozori MCHJ raisi nomiga sanitariya gigiyena qoidalari va epidemiyaga qarshi kurash tartiblarini buzganligi to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Xonqa tumani jinoiy ishlari bo‘yicha sudiga o‘tkazilgan.

Shuningdek, tuman hokimligi hamda soha mutasaddilari tomonidan bozor hududini kichikligini inobatga olgan holda tuman markaziy dehqon bozorini boshqa hududga ko‘chirish taklifi ishlab chiqilmoqda.

Voqealar rivoji hamda natijalari yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishini bildiramiz.

 


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK
Оммабоб янгиликлар

Хонқа туман ҳокимига мурожаат юбориш
Сизга Хонқа туман ҳокимига электрон имзодан фойдаланмаган ҳолда бевосита электрон тарзда мурожаатларни юбориш имкониятини тақдим этади. Сизнинг мурожаатингизга тез кунда жавоб берилади.