Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-03-11 10:31:00 182 Chop etish

Hurmatli Prezidentimizning 2024 yil 29 fevral -1 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida sifatli taʼminlash maqsadida 2-sektor hududida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Davlatimiz rahbarining tashriflari davomida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 2- sektorda quyidagi yo‘nalishlarda kredit mablag‘lari beriladi.

Jumladan:

- Kichik va o‘rta biznesni yana-da qo‘llab-quvvatlash uchun garovsiz 2-sektor hududimdagi 10 ta mahallalarda172 ta loyihaga 28 mlrd.so‘m ajratib, 941 ta ish o‘rinlari yaratish;

hududdagi “Pahlavonlar” mahallasida joylashgan eski Xonqa MTP hududida 125 mlrd.so‘mlik55 ta mebel sexini tadbirkorlarga tayyor biznes shaklida berish bo‘yicha loyihasini ishga tushirish uchun boshlang‘ich hujjatlarni tayyorlash ishlari boshlab yuborildi.

- oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida intensiv usulda baliq boqish uchun kichik hajmdagi basseyn tashkil qilish uchun 2-sektor hududida 2 mlrd 80 mlrd.so‘m ajratilishi hisobiga 104 ta xonadonlarda baliq ko‘li tashkil qilish;

- xonadonlarda tikuvchilik, parranda, chorva, asalari, bog‘dorchilik va boshqa sohalarda asbob-uskunalar olib tadbirkorligini boshlashi uchun xonadonlarni manzilli ro‘yxati asosida 565 mln.so‘m subsidiya ajratilishi hisobiga 165 nafar ishsiz aholimizni bandligini taʼminlanishi bilan bir qatorda oilaga qo‘shimcha daromad manbasi yaratiladi.

- mahallardagi har bir aniqlangan ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlash hamda mahallalarda 3 ta kambag‘al oilalarni tomorqasi namunali tashkil qilinib, xonadonlarga tumandagi salohiyatli tadbirkorlarni bog‘lab, yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotni eksport va ichki bozorga chiqarishga yordam berish bo‘yicha “Yo‘l xarita” ishlab chiqildi hamda nazoratga olindi.

Bo‘sh turgan yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha mahalladagi hokim yordamchilari, kadastr bo‘limi, qurilish bo‘limi va boshqa tegishli tashkilotlaridan iborat ishchi guruhi tuzildi hamda nazoratga olindi.

Sektordagi 10 ta mahalla to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, bo‘sh turgan bino va yer maydonlar tadbirkorlik qilish uchun auksion savdolariga chiqarilishi nazoratga olindi.

Davlatimiz rahbarining tashrifi davomida paxta-to‘qimachilik klasteri “Xorazm TEXMCHJ tomonidan 5 mingta  aholini doimiy band qilish bo‘yicha alohida “Yo‘l xarita” ishlab chiqildi va ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, hurmatli Prezidentimiz tashrifi davomida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham bu yil qilishimizva bajarishimiz zarur bo‘lgan vazifalarimizni mablag‘i bilan belgilab berdilar.

Xususan:

- tumandagi fermer va klasterlarga 77 ta texnikani lizing asosida yetkazib berish ishlarini bajarish;

- Bo‘ston tumani tajribasi asosida har bir tumanda 10 tadan kichik sovitkichli ombor tashkil qilish;

- 1 iyungacha 350 ta dehqonchilik qiladigan mahallalarga xizmat qiladigan qiymati kichik agrologistik markaz qurib, tadbirkorlarga tayyor holda taklif qilish;

- joriy yil tumanda  100 gektarni auksion orqali aholiga 1 gektardan berish ishlari amalga oshirish;

- 300  gektar yer maydoni 1 ming 520 nafar yoshga dehqonchilik qilish uchun tarqatish ishlari mart oyiga rejalashtirildi.

Bundan tashqari,t sholichilikda hosildorlikni 150 sentnerga chiqargan dehqonlarga mahsulotini yarimini yaʼni 50 foizini eksport qilishga ruxsat berildi.

Tumanda 5 ta mahallada ochilgan mahalla aholisidan sutni yig‘ish markazlari hokim yordamchilari tomonidan bepul qabul qilish tizimi ishlab chiqildi.

Shuningdek, 2024 yil yakunigacha tumanda 5 ta mahallada sut yig‘ish markazlarini tashkil qilib, hokim yordamchilariga bepul o‘tkazib berish topshiriladi.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida eng asosiy eʼtibor qaratishimiz kerak bo‘lgan masala bu sug‘orish uchun beriladigan oqar suvdan oqilona foydalanishimiz uchun bu yil hashar yo‘li bilan 2-sektorda 45 kilometr ichki sug‘orish tarmoqlarini vegetatsiya davrigacha begonalashtirish ishlarini bajariladi.

2-sektor hududidagi  16 km uzunlikda quvurlarini yaroqsiz holatga kelib qolgan va joriy yil 7 km uzunlikdagi eski tarmoqlarni yangilash uchun dasturga kiritildi.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha 10 nafar yoshlarni 400 mln. so‘mlik 7 turdagi sport protez va reabilitatsiya vositalarini olib beriladigan bo‘ldi.

yil yakunigacha sektor hududini ishsizlikdan holi hududga aylantirish maqsadida har bir mahallani ixtisoslashuvidan kelib chiqib, 4,2 mingta yangi ish o‘rinlari yaratishni belgilab olindi. Jumladan:

- investitsiya dasturi doirasida loyihani ishga tushirish hisobiga 52 nafar;

- savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida o‘zini o‘zi band qilish va imtiyozli kreditlar ajratish hamda norasmiy band bo‘lgan aholini faoliyatini rasmiylashtirish hisobiga929 nafar;

- qishloq xo‘jaligida doimiy va mavsumiy ishlar bilan band qilish hisobiga 3 ming 88 nafar;

- qurilish sohasida aholini doimiy ishlarga jalb qilish va legallashtirish hisobiga 121 nafar fuqaroning bandligi taʼminlanadi.