Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
Xonqa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Davronbek Qo‘chqorovning 2024 yil oktyabr oyi yakuni bo‘yicha hisoboti va tadbirkorlarga murojaati
Muhtaram prezidentimiz tomonidan soliq organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish orqali yangi institut “Mahalla yettiligi” tashkil qilinishini taʼkidlagandilar. Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab, mahalla byudjetini shakllantirish hamda ularda shakllanadigan mablag‘larni “mahalla yettiligi”ning kengash qarorlari orqali infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirish belgilandi.
Ayni paytda Xonqa tumanidagi 44 ta mahallaga 21 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ular zimmasiga norasmiy tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish, o‘zini-o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini kengaytirish va daromadlarini oshirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish yuklatilgan.
“Mahalla yettiligi” institutining shakllanishi orqali soliq inspektorlari mahalladagi har bir soliq to‘lovchi xonadoniga kirib bormoqda, tadbirkorlik subyekti bilan uchrashib, uning muammosini o‘rganyapti, soliq sohasidagi o‘zgarishlarni tushuntirish orqali yashirin iqtisodiyotning oldi olinmoqda.
Xonqa tumani soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida o‘tgan o‘n oy davomida 236 ta korxonadagi 1478 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirilib, ularning ijtimoiy himoyasi taʼminlandi.
Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 6 ta ishlab chiqarish korxonalarida 39 nafar, 1 ta qurilish korxonasida 22 nafar hamda 144 ta qishloq xo‘jaligi sohasida 806 nafar, shuningdek, 116 ta xizmat ko‘rsatish korxonalarida 611 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi.
Ayniqsa, turli sabablar bilan faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini tiklash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ana shunday 490 ta korxonaning faoliyati tiklandi, 25 ta bo‘sh obyektlar ishga tushirilishi natijasida 41 ta ishchi o‘rni yaratildi.
Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda maʼlum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, mahalla yettiligi bilan birgalikda yashirin iqtisodiyotni jilovlash maqsadida tumanda 10090 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi va muayyan faoliyat turlari bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.
Mahallabay tizimning yaratilishi natijasida 1 mlrd 851 mln so‘m miqdoridaga qo‘shimcha manba aniqlandi.
Joriy yilning o‘tgan o‘n oyi davomida 14 mlrd 691 mln so‘m miqdoridagi jismoniy shaxslarning turar joy obyektlari bo‘yicha soliqlar undirilishi taʼminlandi. Natijada yig‘ilgan summaning 10 foizi yaʼni 1 mlrd 469 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lar mahalla byudjetiga qoldirildi.
Taʼkidlash lozim, mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlarining faoliyati samaradorligi maxsus KPI (KPI) dasturi orqali baholanadi va natijasiga qarab rag‘batlantiriladi hamda past ko‘rsatkichli xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘riladi.
Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.