+998623991673
Хонқа тумани. Хонқа шаҳарчаси Халқлар дўстлиги кўчаси 30 уй, 220800
Xonqa tumanida boshlangan obodlik va bunyodkorlik ishlari qisqa fursat...
Ноябрь 15, 2022 Xo'janiyazov Shohrux 171

Xonqa tumanida boshlangan obodlik va bunyodkorlik ishlari qisqa fursat ichida mahallalar chiroyiga chiroy qo‘shmoqda. 

Xususan, bugun tuman bo‘ylab 21.1 kilometr tuproq yo‘llarni holatini yaxshilash bo‘yicha yirik bunyodkorlik ishlari “Qoramozi” mahallasida start oldi.  

 

Loyihaga asosan “Qoramozi” mahallasining o‘zida 6 kilometr tuproq va loy yo‘llarga SHPS yotqizilishi belgilangan.

 

Tuman hokimi Murodbek Davlatov hamda sektor rahbarlari mahalladagi har bir ko‘chada olib borilayotgan ishlar jarayonlari bilan yaqinda tanishdilar.

 

– Bugungi kungacha bizning qishloqqa shunchalik eʼtibor bo‘lmagan. Bugun biz uchun haqiqiy bayram. Bolalar, farzandlarimiz quvonchini ko‘rmaysizmi, endi ular bemalol loy bo‘lmasdan maktabga borib kelishadi. Shunchalik eʼtibor uchun Yurtboshimizga mahalla ahlining minnatdorchiligini bildiraman - deydi mahalla raisi Sayyora Satimova

 

 

 


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Хонқа туман ҳокимига мурожаат юбориш
Сизга Хонқа туман ҳокимига электрон имзодан фойдаланмаган ҳолда бевосита электрон тарзда мурожаатларни юбориш имкониятини тақдим этади. Сизнинг мурожаатингизга тез кунда жавоб берилади.