Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2022-09-14 02:18:00 313 Chop etish

Xonqa tumanida ichki ko‘chalarda beton qoplamali yo‘llar barpo etilmoqda.

Davlatimiz rahbarining “SEMENT-BETON QOPLAMALI AVTOMOBIL YO‘LLARI TARMOG‘INI KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” gi qaroriga asosan joriy yilda tumanda 12 kilometr uzunlikdagi sement-beton qoplamali ichki yo‘llar qurilishi rejalashtirilgan.

 

Xususan, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturi doirasida 2 kilometr, klaster usulida esa 10 kilometr beton qoplamali ichki yo‘llarni qurilishi reja qilingan.

 

Shuni alohida taʼkidlash joizki 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq hududdagi ichki yo‘llar holatini bosqichma-bosqich yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

____________________