Bugun tumanda g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Tumanimizda 2023 yil hosili uchun 2 ming 100 gektar maydonda boshoqli don hosili yetishtirilmoqda. Agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va belgilangan meʼyorlarga muvofiq o‘tkazilganligi bois mo‘l hosil yaratish reja qilingan.
Seminarda yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ishtirib olish bo‘yicha ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, texnikalarning mavsum oldidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi, yong‘inga qarshi vositalar bilan jihozlangani, otryad aʼzolarining favqulodda vaziyatlarda harakatlanish, xavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari ko‘rikdan o‘tkazildi.