Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2022-09-16 08:05:00 333 Chop etish

Xonqa tumanida paxta karvoni yurdi

 

Paxta milliy boyligimiz. Uni nes-nobud qilmasdan, sovuq kunlarga qoldirmasdan o‘z vaqtida terib olishlik kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

 

Fermer va mirishkor dehqonlarimiz mehnatlarini inobatga olgan holda, Prezidentimiz tashabbusi bilan sohada ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. Buning zamirida esa har bir paxtakor, mirishkor dehqonning manfaati yotadi  

 

Bugungi 2022 yil “Hosil karvoni” tadbirida tuman hokimi Murodbek Davlatov, sektor rahbarlari, tuman imom-xatiblari, mehnat faxriylari va fermer xo‘jalik rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar paxtakor dehqonlarni hosilni yig‘ib olishdek masʼuliyatli mavsumga yetib kelganliklari bilan tabriklab, hosilni nest-nobud qilmay sifatli yig‘ib-terib olishga bor imkoniyatni safarbar qilishga chaqirib, fermer xo‘jaliklari rahbarlariga kuch-g‘ayrat tiladilar.

Maʼlumot o‘rnida

Xonqa tumanida 2022 yil hosili uchun 12 ta hududdagi 183 ta fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan 10 ming 514 gektar maydonga urug‘ qadalib, 40112.0 tonna paxta xom-ashyosi yetkazib berish bo‘yicha “Xorazm TEX” MCHJ klasteri bilan shartnomalar tuzilgan