Xonqa tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi | xonqahokimiyat.uz

 2025-11-04 02:47:00 17 Chop etish

Xonqa tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

 Xonqa tumanida Respublika miqyosida faoliyat yurituvchi “Asaka Bank” rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida bank vakillari tadbirkorlarga moliyaviy imkoniyatlar, kreditlash tartiblari hamda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Shuningdek, uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va mutasaddilardan tegishli tushuntirish hamda tavsiyalar oldilar.

Mazkur muloqot tadbirkorlikni rivojlantirish, joylarda biznes muhitini yaxshilash hamda bank tizimi bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.