Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2021-09-18 01:56:00 800 Chop etish

Tuman hokimi M. Davlatov umumiy qiymati 47 milliard so‘mdan oshiq bo‘lgan O‘simlik yog‘i ishlab chiqarish korxonasi qurilish ta’mirlash ishlari jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

“Oasis Dream” MChJ tomonidan “Paxlavonlar” mahallasi hududida tashkil etilayotgan korxonada 20 ming tonnaga yaqin o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Korxona rahbari Gʻ. Urunovning aytishicha chet eldan uskunalar to‘lik yetib kelgan va xozirda qurilish montaj ishlari 85% ga bajarilgan.

Shuningdek, ushbu loyiha natijasida 60 nafardan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratiladi

O‘rganishlar davomida bugungi kunga qadar ushbu korxonaga ajratillgan yer maydoni yuzasidan muammolar mavjudligi ma’lum bo‘ldi

Ushbu masala mutasaddilar tomonidan qisqa fursatda hal etildi va loyihani yil yakuniga qadar ishga tushurish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalarini berdi