+998623991673
Хонқа тумани. Хонқа шаҳарчаси Халқлар дўстлиги кўчаси 30 уй, 220800
Xonqa tumanining 8 ta mahallasida yirik bunyodkorlik loyihalari amalga...
Октябрь 10, 2023 Xo'janiyazov Shohrux 127

Xonqa tumanining 8 ta mahallasida yirik bunyodkorlik loyihalari amalga oshiriladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi va BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan hamda Islom taraqqiyot banki hamda OPEKning Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi.

 

Xususan, mazkur loyiha doirasida tumandagi chekka mahallalarning infratuzilmalarni yaxshilash maqsad etilgan.

 

Bugun tumanning 8 ta mahalla aholisi tomonidan tuzilgan Tashabbuskor guruh raislari ishtirokida o‘rganilgan muammolar hamda ularning yechimiga qaratilgan taqdimot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Taqdimot davomida “Do‘stlik”, “Ilg‘or”, “Istiqlol”, "Pahlavonlar", "Qoramozi”, "Paxtagul”, “Do‘rmon”,“Guliston”mahallalarida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, kelgusi vazifalar belgilanib olindi.

 

 

 


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Хонқа туман ҳокимига мурожаат юбориш
Сизга Хонқа туман ҳокимига электрон имзодан фойдаланмаган ҳолда бевосита электрон тарзда мурожаатларни юбориш имкониятини тақдим этади. Сизнинг мурожаатингизга тез кунда жавоб берилади.