Bugun tuman hokimi Murodbek Davlatov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Deputati Maqsud Qurbonboyev hamrohligida 36-sonli maktabda olib borilayotgan qurilish taʼmirlash ishlari bilan tanishdilar
Maktab binosi 1974-yilda qurilgan bo‘lib, 624 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsada, 1471 nafar o‘quvchi taʼlim olib kelayotgan edi.
Ayni kunda belgilangan dasturlar doirasida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Bosh rejaga asosan bino to‘liq taʼmirlanib qo‘shimcha bino qurish va o‘quvchilar uchun yetarlicha sharoitlar yaratish maqsad qilingan.
Quruvchi muhandislar bilan kechgan muloqot davomida barcha qurilish jarayonlarini yuqori sifat darajasida bajarilishi taʼkidlandi