Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Inson qadri uchun” tamoyili asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan tuman markazidan 15-20 kilometr uzoqlikda joylashgan “Nurafshon” hamda “Nurobod” mahallalarida yangi zamonaviy pochta xizmati markazlari ish boshladi.
Bundan tashqari ushbu markazlarda davlat xizmatlari hamda 60 ga yaqin to‘lovlarni amalga oshirish imkoni mavjud. Bu esa hudud aholisini og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qiladi, qimmatli vaqt ham tejaladi albatta.