Prezident tashabbusi bilan 2022-yil mart oyida boshlangan ishlar bugun o‘z natijasini berib tumanda yangi shaharcha bunyod bo‘lmoqda.
Massivda 46 ko‘p qavatli uylarda 1228 ta xonadon, maktab, bog‘cha, kommunikatsiya tarmoqlari qurib foydalanishga topshirish belgilangan.
O‘tgan davr mobaynida ushbu massivda 448 ta xonadon foydalanishga topshirildi.
Bugun 5 ta uy yaʼni 100 ta xonadon kalitlari o‘z egalariga topshirildi.
Yil yakunigacha yana 160 ta oila uy egasiga aylanadi.