Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
Xonqa tumanida yoshlarni sportga jalb qilish bo‘yicha yil boshidan qator vazifalar belgilab olingan bo‘lib, bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.
Hozirda BO‘SM qoshida tashki etilgan sportning 15 dan ziyod yo‘nalishlarida 1500 ga yaqin yoshlar tarbiyalanib kelmoqdalar
Shuni alohida aytish lozimki bu yilning o‘zida ushbu maktab tarbiyalanuvchilarining 100 nafardan ziyodi O‘zbekiston hamda Osiyo chempionlari bo‘lishdi.
Navbatdagi yosh polvonlar bilan uchrashuv davomida tuman hokimi M. Davlatov, tuman prokurori U. Salayev, fahriylar, sport ustalari hamda ota onalar ishtirok qildilar va bo‘lajak chempionlarga omatlar tiladilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida bir guruh BO‘SM tarbiyalanuvchilariga Koreya Respublikasining “Good Neighbors International” Xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining Gʻarbiy Osiyo koordinasion ofisi tomonidan memorandumi doirasida O‘zbekiston Kurash fedarasiyasining 15 turdagi zaruriy anjomlar to‘plami topshirildi.