2021 yilning aprel oyida yosh tadbirkorlarning investitsiya loyihalarini amaliyotga aylantirishda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan maqsadida sanoat zonasida bino qurish uchun yosh tadbirkorlarga 500 kvadrat metrgacha bo‘lgan yer maydonlari ajratilgan.
Deyarli barcha infratuzilma bilan taʼminlangan, 50 dan ziyod loyiha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ushbu zonada hozirda atigi 1 nafar tadbirkor o‘z loyihasini ishga tushirgan xolos, yana 3 ta loyiha ishga tushish arafasida.
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Achilov Murodjon hamda tuman hokimi Murodbek Davlatovlar tadbirkorlar bilan uchrashib mavjud muammolar va ularning sabablari yuzasidan suhbatlashdilar.
Shuningdek, jarayonlar davomida hududdagi hokim yordamchilari tadbirkorlar bilan ishlamaganligi tanqid qilindi va soha mutasaddilariga mavjud kamchiliklar bo‘yicha takliflar kiritish topshirig‘i berildi