Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
RASMIY MUNOSABAT
Xonqa tumanda 1379 xonadondan iborat 86 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud bo‘lib, shulardan 84 tasiga “Xonqa taʼmirBSK” MCHJ boshqaruv tashkiloti tomonidan xizmat ko‘rsatadi.
Ushbu ko‘p qavatli uylar tumandagi 13 ta mahallada joylashgan xususan,
Vatanparvar mahallasida 15 ta,
Fidoyilar mahallasida 21 ta,
Jannatmakon mahallasida 12 ta
Gulg‘uncha mahallasida 6 ta,
Bunyodkor mahallasida 5 ta,
Ezgulik mahallasida 1ta ,
Ahillik mahallasida 1 ta,
Porloq mahallasida 3 ta,
Istiqlol mahallasida 5 ta,
Paxtagul mahallasida 1 ta,
Oydin hayot mahallasida 3ta ,
Do‘stlik mahallasida 11 ta ko‘p qavatli uylar joylashgan.
Shuningdek, “Obod” mahallasidagi 2 ta ko‘p kvartirali uylar o‘zini o‘zi boshqaradi.
“Xonqa taʼmirBSK” MCHJ boshqaruv tashkiloti 2022-yil 5 avgust kuni tashkil qilingan bo‘lib, shirkatlar davrida olingan 4,079 mlrd so‘m kredit qarzdorlik va aholidan undirilishi kerak bo‘lgan 890 mln debitor qarzdorliklar boshqaruv tashkilotiga o‘tkazilgan.
Shunga qaramasdan, 2023-2024 yil Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha boshqaruv tashkiloti tomonidan 7 ta uyning fasad qismi, 4 ta ko‘p qavatli uyning kirish yo‘laklari, 2 ta uyning tom qismi joriy, 4 ta uyning yerto‘la qismidagi quvurlarida joriy taʼmirlash ishlari olib borildi.
Joriy taʼmirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari 1 ta uyning kirish yo‘lagiga 1 ta yangi temir eshik o‘rnatildi.
Shuningdek belgilangan dasturlar doirasida “Bunyodkor” “Paxtagul” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atroflariga zamonaviy bolalar maydonchalari yangidan qurildi.
Ayni kunlarda mavjud qarzdorliklarni undirish va yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida aholi orasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda