Xalqimiz orasida “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganni pari bilmas” kabi hikmatli iboralar hayotimizda o‘z isbotini topgan.
Yasharish va yangilanish fasli bo‘lgan bahorning ilk bayrami “8-mart Xalqaro xotin-qizlar” kuni arafasida 100 yoshdan oshgan nuroniy onaxonlarimizga ham alohida ehtirom ko‘rsatilimoqda
Xonqa tumani hokimi Murodbek Davlatov 116 yoshni qarshilagan Shukurjon va 103 yoshli Niyozjon momolar xonadonida bo‘lib, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Raximovning bayram tabrigini yetkazdi
Tuman hokimi tabarruk yoshdagi onaxonlar bilan dorilamon kunlar shukronasi, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik neʼmati haqida suhbatlashdi.
Onaxonlar duoga qo‘l ochib, tinchligimizga ko‘z tegmasin, xalqimizning boshi omon bo‘lsin, ezgu ishlar boshida turgan Prezidentimizga kuch-quvvat bersin, deya duo qildilar.