Yuz bilan yuzlashish saodati | xonqahokimiyat.uz
Bugungi dorilamon kunlar gashtini surib yashayotgan Abdurahim ota Qurbanov 103 yillik tarixning jonli guvohi.
Bolalik va yoshlik yillari urushning og‘ir sinovlari, ocharchilik hamda qatag‘on davriga to‘g‘ri kelgan otaxon bugungi tinch va osuda hayot qadriga yetish haqida to‘lqinlanib so‘zlaydi, to‘y-marakalarga bosh bo‘lib mahalladoshlariga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Ulug‘ va muborak ayyom arafasida tuman hokimi Ulug‘bek Davlatov otaxonnig xonadonida bo‘lib, bayram bilan qutladi.
Abdurahim ota duoga qo‘l ochib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini tiladi.