Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
Yuzdan ortiq qizlarni hunarli qilgan ayol
Bugungi qahramonimiz Zaynab opa maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq qo‘li bichish-tikishga binoyidek kelib qolgan o‘ninchini tugatayotganida allaqachon tikuvchi usta darajasiga yetgan edi.
-Avval ishni uy sharoitida boshladim. Turmush o‘rtog‘im ham tikuvchi bo‘lganligi sababli barchaga uyda xizmat ko‘rsatar edik. Keyinchalik farzandlarimiz biroz ulg‘ayganlaridan so‘ng davlat xizmatlaridan ro‘yxatdan o‘tib oilaviy tadbirkorlik korxonasiga ega bo‘ldik.
Zaynab opa o‘zining mo‘jazgina oilaviy tadbirkorlik markazida yuzdan ortiq qizlarni qo‘lini hunarli qilishga erishgan. Ayni damda ham o‘nga yaqin mahalla qizlari shogird tushib hunar o‘rganmoqdalar.